Promptni olish
22-noyabr · «Mediada 7 AI agent» seminari uchun

Sizga qaysiagent kerak?Claude aniqlab beradi

Claude sizga 10 ta savol beradi: kasbingiz, vaqtingiz nimalarga ketishi, nechta proyekt yuritishingiz haqida. Oxirida o'zingizning AI integratsiya xaritangizni tayyor, chiroyli fayl qilib beradi.

10 savol15 daqiqa7 agent1 tayyor xarita
01 · Natija

Bu gayddan nimani olasiz

Umumiy maslahat emas. Aynan sizning ishingizga qarab, 7 agentning har biri uchun aniq qaror.

Aniq qaror
Har bir agent uchun: hozir kerak, keyinroq yoki kerak emas. Sababi bilan, sizning javoblaringizdan olingan.
Vaqt hisobi
O'zingiz aytgan soatlardan hisoblangan taxminiy tejash: haftasiga va oyiga necha soat bo'shaydi.
Birinchi 7 kun
Qaysi agentdan boshlash, kun-ba-kun mini reja va birinchi agentingizga bera oladigan tayyor ko'rsatma.
✦
02 · Jarayon

Qadam-baqadam qanday ishlaydi

Dasturchi bo'lish shart emas. Hammasi 5 ta oddiy qadam.

1

Claude'ni oching

Brauzerda claude.ai ga kiring yoki telefonga Claude ilovasini yuklab oling. Ro'yxatdan o'tish bepul. Yangi chat oching.

1 daqiqaclaude.ai
2

Promptni nusxalang

Pastdagi «Nusxalash» tugmasini bosing, tayyor matn nusxalanadi. Uni Claude'dagi yangi chatga tashlab, yuboring.

1 tugmatayyor matn
3

Savollarga javob bering

Claude savollarni 3 ta blokda beradi. Har bloknga rostini, raqamlar bilan yozing. Qancha aniq yozsangiz, xarita shuncha aniq chiqadi.

10 savol3 blok10 daqiqa
4

Xaritangizni oling

Claude javoblaringiz asosida chiroyli HTML fayl tayyorlaydi: diagnoz, 7 agent bo'yicha qaror, tejash hisobi va 7 kunlik reja.

diagnoz7 agenttejashreja
5

Guruhga yuboring, zalda birga qilamiz

Faylni yuklab oling va natijangizni yopiq guruhga yuboring. 22-noyabr kuni zalda xaritani birgalikda aniqlashtiramiz va birinchi agentni ishga tushirishni boshlaymiz.

yopiq guruh22-noyabr · 14:00
✦
03 · Asosiy qurol

Nusxalab oladigan prompt

Ramka ichidagi hamma narsani bitta tugma bilan nusxalang va Claude'ga tashlang.

AI XARITA · PROMPT v1.0 · MEDIADA

Maxfiylik: savollarga javob berganda telefon raqam, karta va parol yozmang. Biznesingiz haqidagi umumiy ma'lumot yetarli.

04 · Savollar

Claude sizdan nimalarni so'raydi

Oldindan ko'rib qo'ying, shunda javoblarni tezroq yozasiz. Savollar bir vaqtda emas, 3 bloklab keladi.

A

Siz va sohangiz

3–4 savol · 2 daqiqa
  • Ismingiz va kasbingiz
  • Kimga nima sotasiz yoki qanday xizmat berasiz
  • Qaysi platformada kontent yuritasiz, shaxsiy brend bormi
  • 3 oydan keyin nima bo'lsa «arzidi» deysiz
B

Vaqtingiz qayerga ketadi

3 savol · 4 daqiqa
  • Haftasiga necha soat: g'oya, ssenariy, syomka-montaj, dizayn, joylash, reklama, yozishma
  • Qaysi ish eng zerikarli yoki qoldirib ketasiz
  • Hozir AI'dan nimaga foydalanasiz
C

Hajm va imkoniyat

4 savol · 4 daqiqa
  • Nechta proyekt yoki brend bilan ishlaysiz
  • Yolg'izmisiz yoki jamoa bormi
  • Reklama yuritasizmi
  • Sotuvni qayerda yopasiz, progrev qilganmisiz
✦
05 · Media jamoasi

Mediadagi 7 AI-agent

Claude xaritani aynan shu 7 agent bo'yicha tuzadi. Har biri bitta kasbning ishini oladi.

✦
06 · Natija namunasi

Xarita shunday chiqadi

Bu faqat tushunish uchun o'ylab topilgan misol. Sizning xaritangiz sizning javoblaringizdan tuziladi.

Namuna · mobilograf, 3 ta mijoz

o'ylab topilgan misol
Haqiqiy xaritada: diagnoz, har agent uchun sabab va tejash hisobi, joriy qilish tartibi, birinchi 7 kun va birinchi agent uchun tayyor ko'rsatma bo'ladi. Tejash raqamlari taxminiy prognoz, kafolat emas.
07 · Maslahatlar

Yaxshi natija uchun 4 qoida

Aniq yozing«SMM qilaman» emas, «3 ta mijozga oyiga 40 ta reels va 90 ta storis chiqaraman».
Raqam aytingHaftasiga necha soat, nechta post, nechta mijoz. Raqam bo'lsa, tejash hisobi ham aniq chiqadi.
Claude bilan gaplashingJavob yoqmasa: «buni batafsilroq qil» yoki «bu agentni nega keyinga qoldirding?» deb so'rang.
Fayl ochilmasaUni yuklab oling va kompyuterda Chrome kabi brauzerda oching. Hammasi chiroyli ko'rinadi.
08 · Ko'p so'raladi

Savol-javob

Claude'da ro'yxatdan o'tish bepul. Tarifga qarab xabarlar soni yoki fayl yaratish imkoniyati cheklangan bo'lishi mumkin. Cheklov chiqsa, birozdan keyin urinib ko'ring yoki zalda birga qilamiz.

Prompt Claude'ga savollarni 3 blokda berishni buyuradi. Agar hammasini birdaniga bersa, shunchaki hammasiga ketma-ket javob yozing, xarita baribir tuziladi.

Bor. Javobingizga qarab Claude ochiq aytadi: qaysi agent hozir kerak emas va nimadan boshlash mantiqli. «Kerak emas» ham foydali javob.

Prompt bunga qarshi yozilgan: tejash hisobi faqat sizning aytgan raqamlaringizdan chiqariladi va «taxminiy prognoz» deb belgilanadi. Hech qanday natija va'da qilinmaydi.

Faylni saqlab, natijangizni yopiq guruhga yuboring. 22-noyabr kuni zalda uni birgalikda aniqlashtiramiz va birinchi agentni qanday ishga tushirishni ko'rsatamiz.

Zalda davom etamiz

Xaritani zalda birga qilamiz

Natijangizni yopiq guruhga yuboring. 22-noyabr kuni zalda 7 ta AI-agentni jonli ko'rasiz va xaritangizni birgalikda aniqlashtiramiz.

22-noyabr14:00EDU Master Event Zone
✅ Prompt nusxalandi. Claude'ga tashlang