Sizga qaysiagent kerak?Claude aniqlab beradi
Claude sizga 10 ta savol beradi: kasbingiz, vaqtingiz nimalarga ketishi, nechta proyekt yuritishingiz haqida. Oxirida o'zingizning AI integratsiya xaritangizni tayyor, chiroyli fayl qilib beradi.
Bu gayddan nimani olasiz
Umumiy maslahat emas. Aynan sizning ishingizga qarab, 7 agentning har biri uchun aniq qaror.
Qadam-baqadam qanday ishlaydi
Dasturchi bo'lish shart emas. Hammasi 5 ta oddiy qadam.
Claude'ni oching
Brauzerda claude.ai ga kiring yoki telefonga Claude ilovasini yuklab oling. Ro'yxatdan o'tish bepul. Yangi chat oching.
Promptni nusxalang
Pastdagi «Nusxalash» tugmasini bosing, tayyor matn nusxalanadi. Uni Claude'dagi yangi chatga tashlab, yuboring.
Savollarga javob bering
Claude savollarni 3 ta blokda beradi. Har bloknga rostini, raqamlar bilan yozing. Qancha aniq yozsangiz, xarita shuncha aniq chiqadi.
Xaritangizni oling
Claude javoblaringiz asosida chiroyli HTML fayl tayyorlaydi: diagnoz, 7 agent bo'yicha qaror, tejash hisobi va 7 kunlik reja.
Guruhga yuboring, zalda birga qilamiz
Faylni yuklab oling va natijangizni yopiq guruhga yuboring. 22-noyabr kuni zalda xaritani birgalikda aniqlashtiramiz va birinchi agentni ishga tushirishni boshlaymiz.
Nusxalab oladigan prompt
Ramka ichidagi hamma narsani bitta tugma bilan nusxalang va Claude'ga tashlang.
Maxfiylik: savollarga javob berganda telefon raqam, karta va parol yozmang. Biznesingiz haqidagi umumiy ma'lumot yetarli.
Claude sizdan nimalarni so'raydi
Oldindan ko'rib qo'ying, shunda javoblarni tezroq yozasiz. Savollar bir vaqtda emas, 3 bloklab keladi.
Siz va sohangiz
- Ismingiz va kasbingiz
- Kimga nima sotasiz yoki qanday xizmat berasiz
- Qaysi platformada kontent yuritasiz, shaxsiy brend bormi
- 3 oydan keyin nima bo'lsa «arzidi» deysiz
Vaqtingiz qayerga ketadi
- Haftasiga necha soat: g'oya, ssenariy, syomka-montaj, dizayn, joylash, reklama, yozishma
- Qaysi ish eng zerikarli yoki qoldirib ketasiz
- Hozir AI'dan nimaga foydalanasiz
Hajm va imkoniyat
- Nechta proyekt yoki brend bilan ishlaysiz
- Yolg'izmisiz yoki jamoa bormi
- Reklama yuritasizmi
- Sotuvni qayerda yopasiz, progrev qilganmisiz
Mediadagi 7 AI-agent
Claude xaritani aynan shu 7 agent bo'yicha tuzadi. Har biri bitta kasbning ishini oladi.
Xarita shunday chiqadi
Bu faqat tushunish uchun o'ylab topilgan misol. Sizning xaritangiz sizning javoblaringizdan tuziladi.
Namuna · mobilograf, 3 ta mijoz
o'ylab topilgan misolYaxshi natija uchun 4 qoida
Savol-javob
Claude'da ro'yxatdan o'tish bepul. Tarifga qarab xabarlar soni yoki fayl yaratish imkoniyati cheklangan bo'lishi mumkin. Cheklov chiqsa, birozdan keyin urinib ko'ring yoki zalda birga qilamiz.
Prompt Claude'ga savollarni 3 blokda berishni buyuradi. Agar hammasini birdaniga bersa, shunchaki hammasiga ketma-ket javob yozing, xarita baribir tuziladi.
Bor. Javobingizga qarab Claude ochiq aytadi: qaysi agent hozir kerak emas va nimadan boshlash mantiqli. «Kerak emas» ham foydali javob.
Prompt bunga qarshi yozilgan: tejash hisobi faqat sizning aytgan raqamlaringizdan chiqariladi va «taxminiy prognoz» deb belgilanadi. Hech qanday natija va'da qilinmaydi.
Faylni saqlab, natijangizni yopiq guruhga yuboring. 22-noyabr kuni zalda uni birgalikda aniqlashtiramiz va birinchi agentni qanday ishga tushirishni ko'rsatamiz.
Xaritani zalda birga qilamiz
Natijangizni yopiq guruhga yuboring. 22-noyabr kuni zalda 7 ta AI-agentni jonli ko'rasiz va xaritangizni birgalikda aniqlashtiramiz.